Gagarin koʻchasining koʻrinishi. Rasm: Aleksey Saxno.

Проект реализуется при поддержке Фонда президентских грантов

Dunyoda birinchi boʻlib kosmosni zabt etgan kishining nomini olgan koʻcha Gorkiy nomidagi qishloqning asosiy koʻchasidir. Shunisi e’tiborga loyiqki, Yuriy Alekseyevich Gagarin Xabarovsk bilan bevosita bogʻliq boʻlgan - u bizning shahrimizga kosmosga uchganidan keyin uch marta tashrif buyurgan.

Ma’lumki, Yuriy Gagarin 1961 yilning 12 aprelida koinotga parvoz qilgan. Buning sharafiga Sovet Ittifoqi boʻylab koʻchalar, maydonlar va hatto shaharlarga uning nomi berilgan. Xabarovsk ham bundan mustasno emas edi: "Vostok-12" kosmik kemasining oʻz bortida birinchi odam bilan parvozidan bir oy oʻtib – 15 may kuni – Vyatskaya koʻchasi Gagarin deb qayta nomlangan.

Vyatka shunday nomlangan, chunki Uzoq Sharqda va xususan Xabarovskda Vyatka viloyatidan koʻplab muhojirlar boʻlgan.

Aytgancha, Xabarovskda koʻchaga hayotlik davrida kimningdir nomi berilishi juda kam uchraydigan hodisa, ayniqsa, agar u bundan keyin ham bizning shaharga kelgan boʻlsa.

Gagarin Xabarovskka 1962 yilning 20 mayida Yaponiyaga ketayotib uchib kelgan. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida birinchi kosmonavtni koʻrishni xohlashardi, shuning uchun Yuriy Alekseyevich tez-tez sayohatlarga chiqib turardi: U Angliya, Bolgariya, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Misr, Kuba, Polsha, Braziliya, Islandiya, Kanada, Afgʻoniston, Hindiston - jami 30 dan ortiq davlatlarda boʻlgan.

Gagarin va uning rafiqasi Xabarovsk aeroportidan harbiylar tomonidan taqdim etilgan ochiq limuzinda "Parus" mehmonxonasiga yoʻl oladilar. Aytgancha, ushbu limuzin saqlanib qolgan va u hali ham Xabarovskda. Dam olishdan keyin Amur boʻylab "Moskva" motorli kemasida sayr qilishadi, keyin Lenin stadionining parki boʻylab sayr qilishadi, u yerda olomonni zoʻrgʻa ushlab turishadi va Markaziy bogʻda kechki miting boʻlib oʻtadi. Gagarin Uzoq Sharq ustidan uchib oʻtayotib, Xabarovsk radiosini tinglaganini, oʻsha paytda efirda "Amur toʻlqinlari" valsi yangraganligini aytib beradi.

Gagarin Yaponiyadan 29 may kuni yana Xabarovsk orqali qaytib keladi. U oʻsha yillarda faol ravishda qurilayotgan sanoat tumaniga tashrif buyuradi va 1980 yil mayidan beri uning nomi bilan ataladigan bogʻda Kuril tilogʻochini oʻtqazadi. Uni sirk binosining markaziy kirish eshigi oldida bugungi kunda ham koʻrish mumkin. Keyin SKA muz saroyida ishchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Shunday qilib, Xabarovskda dunyodagi birinchi kosmonavt bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ikkita joy mavjud: Gorkin nomidagi qishloqdagi Gagarin koʻchasining oʻzi va Yu. A. Flegontov koʻchasi hududidagi Gagarin parki. Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng, bogʻ uzoq yillar davomida xaroba koʻrinishda qoladi, ammo "nulevoy" lardan keyin u tartibga keltiriladi, bogʻ hududida sirk quriladi, endilikda esa bu yerda "kosmik" mavzuda savdo va koʻngilochar markaz barpo etilmoqda.

Gagarin Xabarovskka uchinchi marta vafotidan bir yil oldin – 1967 yilning 15-iyun kuni – 35 yilligini nishonlayotgan Komsomolsk-Amurga borayotib tashrif buyurgan. Yunost shahrida Yuriy Alekseyevich Yoshlar uyini ochadi va hozirda uning nomi bilan ataladigan aviatsiya zavodiga tashrif buyuradi.

Yuriy Alekseyevich Gagarin Xabarovskda. 1962 yil, may. Rasm: N.I.Grodekov nomidagi Xabarovsk viloyat muzeyi, ochiq manbalar.

1961 yilning 12 aprelida (va shu kundan keyin) tugʻilgan koʻplab oʻgʻil bolalarga ota-onalari tomonidan Yuriy deb ism berilgan. Va, albatta, butun Sovet Ittifoqi boʻylab Gagarin koʻchalari paydo boʻla boshlagan.

Xabarovskdagi Gagarin koʻchasi Pokus koʻchasi bilan kesishgan joyda boshlanadi, u yerda Xabarovskdagi eng uzun avtobus yoʻnalishlaridan biri (va "garmoshkali" Ikarus yuradigan toʻrtta marshrutdan biri)boʻlgan 14 halqa yoʻli avjud, zavod ma’muriyati oldidagi maydonda tugaydi.

Gagarin-Vyatskaya koʻchasi Xrushchyov davrida faol ravishda quriladi, shuning uchun bu yerda deviant xulq-atvorli bolalar va oʻspirinlar uchun kasb-hunar maktabining oʻquv binosidan tashqari "stalinchilar" deyarli qolmagan. Umuman olganda, Gagarin koʻchasi, qolaversa Gorkiy nomidagi butun posyolka zamonlar osha qotib qolgan. Masalan, bu yerda sovet tipidagi doʻkonlarni topishingiz mumkin, u yerda non va ichki kiyimlar yoki buvijonlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan ekilgan koʻplab gul tuvaklar bitta peshtaxtada sotilishi mumkin.

Gagarinda mashhur shahar hammomlaridan biri va Vorovskiy koʻchasi bilan kesishgan joyda oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan bozor mavjud boʻlib, u yerda mavsumda yangi tutilgan losyos va boshqa Amur baliqlari sotiladi.

Soʻnggi yillarda mikrorayon shahar hokimiyatining e’tibori bilan bir nechta maydonlar, yangi stadion va "aqlli" avtobus bekatlarini sotib oldi, ammo ular hali ulanmagan. Xabarovsk aylanma yoʻlining foydalanishga topshirilishi xuddi butun Gorkiy posyolkasi singari, Gagarin koʻchasining ham rivojlanishi uchun kuchli turtki berishi mumkin, uning qurilishi 2021 yilda yakunlanishi kerak. Gorkiy nomidagi qishloqning bevosita atrofida avtomagistraldan bir nechta chiqish joylari jihozlanadi va bugungi kunda Xabarovsk transport infratuzilmasida "tiqilinch" boʻlgan Vostochnoye avtomagistrali rekonstruksiya qilinib, 4 qatorli avtomagistralga kengaytiriladi.

Gagarin koʻchasi on the Google's Map

"Streets' Voice" Gallery